Vengriyada ziyoratchilar avtobusi halokatga uchradi

1 daqiqa o'qish111
Vengriyada ziyoratchilar avtobusi halokatga uchradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Vengriyaning sharqida Polshaga tegishli ziyoratchilar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo'ldi, kamida 10 kishi og'ir jarohatlandi.
  • Fojia 16 avgust kuni taxminan soat 01:00 da M3 avtomagistralida, Mezyokerestesh shahri yaqinida sodir bo'lgan va avtobusda 57 nafar yo'lovchi hamda ikki nafar haydovchi bo'lgan.

Vengriyaning sharqiy qismida ziyoratchilarni olib ketayotgan Polshaga tegishli avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana kamida 10 kishi og‘ir jarohatlandi. Fojia 16 avgust kuni ertalab, M3 avtomagistralida Mezyokerestesh shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, avtobusda 57 nafar yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. Ular Bosniya va Gersegovinadagi mashhur Medjugore ziyoratgohidan Polshaga qaytib ketayotgan edi. Taxminan soat 01:00 da avtobus yo‘ldan chiqib, yo‘l chetidagi ariqqa tushgan va yonboshlab ag‘darilgan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganida, ayrim yo‘lovchilar ag‘darilgan avtobus ichida, hatto o‘rindiqlar ostida qisilib qolgani aniqlangan. Jabrlanganlar Mishkols, Debretsen, Eger va yana bir qator yaqin shaharlardagi shifoxonalarga olib ketilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 37 kishi yengil jarohat olgan.

Halokatning dastlabki sababi sifatida haydovchining rulda uxlab qolgani taxmin qilinmoqda. U tirik qolgan va politsiya tomonidan ushlangan. Huquq-tartibot organlari hodisaning aniq sabablarini tekshirmoqda.

Halokatdan omon qolgan yo‘lovchilardan biri Helena Tluchek fojia joyidagi manzarani og‘ir holat sifatida tasvirlagan. U jarohat olganiga qaramay, vayrona ostida qolgan ikki kishini chiqarishga va singlisiga yordam berishga harakat qilgan.

Fojia Polsha va Vengriya rasmiylarini ham chuqur qayg‘uga soldi. Polsha prezidenti Karol Navrotskiy marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Polsha hukumati esa tirik qolgan fuqarolarni vatanga qaytarish uchun maxsus choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Marhumlarning barchasi Polsha fuqarolari bo‘lgani rasmiy tasdiqlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?