Misrda «Forsaj» uslubida 100 kgdan ortiq tovuq o‘g‘irlandi (video)

Misrda harakatlanayotgan yuk mashinasidan katta miqdorda muzlatilgan tovuq go‘shti o‘g‘irlangan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, hodisa keng muhokama qilingan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar pikapda harakatlanib, yuk mashinasiga yaqinlashgan. Ular yo‘l davomida mashina yukxonasidan 100 kilogrammdan ortiq muzlatilgan tovuq go‘shtini olib, pikapga ortgan.
E’tiborlisi, yuk mashinasi haydovchisi o‘g‘rilik sodir bo‘layotganini sezmagan. Kompaniya vakillari ham hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalganidan keyin xabar topgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea bo‘yicha surishtiruv olib borgan. Hodisaga aloqador shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan.
Tovuq go‘shti nima maqsadda o‘g‘irlangani esa ma’lum qilinmagan.






























Izohlar 0
…