14:36 / 14.06.2017
6 119

Xitoylik ayol qiziquvchanligi sababli 12 kunga qamaldi

Xitoylik ayol qiziquvchanligi sababli 12 kunga qamaldi
Xitoyning Pekin xalqaro aeroportida yo‘lovchi sababli Syamenga uchib ketishi bo‘lgan samolyot parvozi kechiktirildi, asosiysi esa 113 kishi sarson bo‘ldi, trapga katta miqdorda iqtisodiy zarar etdi.

“Xiamen Air” aviakompaniyasiga tegishli samolyot 12 iyun kuni Pekin-Syamen yo‘nalishida parvozga shay edi. Samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchi ayolning qiziquvchanligi sabab parvoz bekor qilindi. Bu haqda “China News” agentligiga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Gap shundaki, bort kuzatuvchisi parvozdan avval yo‘lovchilarni favqulodda holatlarda qilinadigan zaruriy choralar bilan tanishtirgan. U 48-qatorda o‘tirgan yo‘lovchilar yonida avariyaviy chiqish eshigi bo‘lib, zarur bo‘lganda richagni tortib, shu yo‘ldan chiqib ketish mumkinligini tushuntirgan. Bu vaqtda esa 49-qatorda o‘tirgan yo‘lovchi ayol favqulodda holat chorasini tekshirish uchun kutilmaganda richagni tortgan.

Zarur bo‘lmagan holatda richagni tortgani uchun ayol polisiya vakillari tomonidan qo‘lga olinib, 12 kunga hibsga olindi.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda samolyot bortida 113 nafar yo‘lovchi bor edi. Ularning parvozi bekor qilinib, boshqa samolyotga ko‘chirilgan. Trapga jiddiy darajada zarar etmagan bo‘lsa-da, uning ta’miri uchun 100 ming yuan, taxminan qariyb 15 ming dollar kerak bo‘ladi. Ekspertlar ayol iqtisodiy zararni qoplashi zarur, deb hisoblashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayol qiziquvchanligi sababli 12 kunga qamaldi