Kolumbiyada it egasini bosqinchidan himoya qildi

Kolumbiyaning Bogota shahrida ikki nafar bosqinchi mototsiklda kelib, ko‘chada ketayotgan erkakni talamoqchi bo‘lgan. Biroq jabrlanuvchining iti hujumga aralashib, jinoyatchilar rejasini barbod qilgan. Bu haqda Infobae xabar berdi.
Voqea 9 sentyabr kuni Primero-de-Mayo hududida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Xavfsizlik kamerasi tasvirlarida ikki kishi mototsiklda kelgani, ulardan biri transport vositasidan tushib, erkakka yaqinlashgani ko‘rinadi. Bosqinchi pichoq bilan qo‘rqitib, uning mobil telefonini talab qilgan.
Shu payt jabrlanuvchining biroz oldinda ketayotgan iti ortiga qaytib, bosqinchiga tashlangan. Videoda hayvon gumonlanuvchini tishlagani va uni ortga chekinishga majbur qilgani ko‘rinadi.
Itning aralashuvidan so‘ng bosqinchi sherigi kutib turgan mototsikl tomon yugurgan. Ikki gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan keng muhokama qilingan.































Izohlar 0
…