date

Centrum Air reysi chaqmoq urishi sababli kechiktirildi

Centrum Air aviakompaniyasining oq samolyoti moviy osmonda qo‘nishga tayyorlanmoqda.

Sentrum Air aviakompaniyasi Toshkent — Guanchjou — Toshkent yo‘nalishidagi reys majburiy ravishda kechiktirilganini ma’lum qildi. Bunga avvalgi parvozni amalga oshirgan havo kemasining parvoz vaqtida chaqmoq urishiga uchragani sabab bo‘lgan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Aviatsiya xavfsizligi standartlariga muvofiq, samolyot zudlik bilan ekspluatatsiyadan chiqarildi. Mutaxassislar tomonidan to‘liq texnik ko‘rik, diagnostika va zarur tiklash ishlari olib borildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kompaniya xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ushbu yo‘nalishda boshqa havo kemasidan foydalanishga qaror qildi.

Ushbu o‘zgarishlar 16-may kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qaytish reysining kechikishiga olib keldi. Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, kutish davrida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Yangi jadvalga ko‘ra, reysning Guanchjoudan uchib ketishi 18-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 ga belgilandi. Samolyotning Toshkentga yetib kelishi esa 19-may kuni soat 00:50 ga rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Centrum Air reysi chaqmoq urishi sababli kechiktirildi