Korgi it egasining pasportini yeb qo‘ydi

Rossiyada bir qiz kutilmagan muammoga duch keldi. Uning korgi zotli iti xorijga chiqish pasportini g‘ajib tashladi.
Eng qizig‘i, bu voqea qiz Maldiv orollariga rejalashtirgan sayohatiga atigi ikki hafta qolganida sodir bo‘lgan.
Endi u muhim hujjatni zudlik bilan qayta rasmiylashtirishiga to‘g‘ri keladi. Aks holda, yangi pasportni o‘z vaqtida olishga ulgurmasligi va uzoq kutilgan ta’tili bekor bo‘lishi mumkin.
Shu tariqa, korgining oddiy «sho‘xligi» egasining sayohat rejalariga jiddiy ta’sir qilib, kutilmagan tashvishga sabab bo‘ldi.






























Izohlar 0
…