Ramzan Kadirov terroristlarni qo‘llab-quvvatlagan istalgan odamni «erga ko‘mib tashlashini» aytdi

Ramzan Kadirov terroristlarni qo‘llab-quvvatlagan istalgan odamni «erga ko‘mib tashlashini» aytdi
Ramzan Kadirov terroristlarni qo‘llab-quvvatlagan istalgan odamni «erga ko‘mib tashlashini» aytdi

4 dekabrda Grozniyda terrorchilik aktini sodir etgan banditlarning xatti-harakatlarini ma’qullagan ukrainalik siyosatchilarga javoban Checheniston rahbari Ramzan Kadirov shunday deb javob berdi: «Bu terrorchilarga bir dona so‘z yoki bir dollar bilan moliyaviy yoki ma’naviy yordam berayotgan har bir kimsani yerning tagidan bo‘lsa ham topamiz va yerning tagiga chuqurroq ko‘mib tashlaymiz», Bu haqida «vesti.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Endilikda, Checheniston qonunlariga ko‘ra, politsiya xodimini o‘ldirgan jangarining nafaqat o‘zi, balki uning butun oilasi ham javob beradi. Terrorchining oila a’zolari respublikadan tashqariga chiqarib yuboriladi, u yashagan uy esa er bilan bitta qilib tekislab tashlanadi.

Tumanlarning rahbarlari ularga qarashli bo‘lgan hududda yashovchi kimdir qo‘liga noqonuniy ravishda qurol olsa ham jazolanadi. Bu kabi qat’iy qarorlarning qabul qilinishiga Grozniyda yo‘l patrul xizmati postiga hujum qilib, Matbuot uyi va maktabni qamal qilib olgan terrorchilar sabab bo‘ldi. Bu terrorchilarning hammasi yo‘q qilindi. Jangarilarga qarshi o‘tkazilgan maxsus favqulodda tadbir davomida 14 ta politsiya xodimi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida prezidentning yaqin kishilaridan bo‘lgan, uning o‘z jiyani, 22 yoshli Umar Kadirov ham bor.

Foto: Kun
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar