Xitoyda ona 2 yoshda yo‘qotgan o‘g‘lini 32 yil davom etgan izlanish orqali topdi

Xitoyda ona 2 yoshda yo‘qotgan o‘g‘lini 32 yil davom etgan izlanish orqali topdi

1988 yilda Xitoyda 2 yoshli Mao Yin otasi suv olib kelayotgan paytda mehmonxona kirish qismidan g‘oyib bo‘ladi. O‘g‘lidan ayrilgan ona — Li Jingji esa uni topish umidida butun hayotini qidiruvga bag‘ishlaydi.

U ishini tashlab, 32 yil davomida o‘g‘lining izidan boradi. Shu vaqt ichida 100 mingdan ortiq varaqa tarqatib, turli hududlarga boradi va o‘g‘li haqida ma’lumot izlaydi.

Qidiruv jarayonida Li Jingji nafaqat o‘z farzandini izlaydi, balki boshqa oilalarga ham yordam beradi. U bedarak yo‘qolgan 29 nafar bolaning o‘z oilalari bilan qayta uchrashishiga ko‘maklashadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mao Yin bolaligida boshqa oilaga sotilgan va o‘zining asl kelib chiqishi haqida hech narsa bilmasdan ulg‘aygan.

Nihoyat, 2020 yilda, 32 yillik ayriliqdan so‘ng ona va o‘g‘il bir-birini topadi. Ularning uzoq kutilgan uchrashuvi yillar davomida umidini yo‘qotmagan onaning sabr-toqati va farzandiga bo‘lgan cheksiz mehrining ramziga aylandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar