Baland poshnali tuflida 100 metrga yugurish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Baland poshnali tuflida 100 metrga yugurish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Baland poshnali tuflida yugurishning o‘zi mushkul, 100 metrni rekord tezlikda bosib o‘tish esa tasavvur qilish qiyin. Biroq Majken Sichlau buni uddalagan. Uning noodatiy yugurishi ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor e’tibor markaziga chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baland poshnali tuflida 100 metr masofaga yugurayotgan yosh ayol aks etgan video keng tarqalib, foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 100 metrga baland poshnali tuflida yugurish bo‘yicha rekord Majken Sichlau nomiga tegishli. U ushbu masofani 13,557 soniyada bosib o‘tgan.

Videoda ayol baland poshnali tuflida qisqa masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tayotgani aks etgan. Uning noodatiy yugurish uslubi ko‘plab tomoshabinlarni hayratda qoldirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar