Tovuqlarning “voleybol o‘yini” internet foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Tovuqlarning “voleybol o‘yini” internet foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo voleybol musobaqasida qatnashayotgandek harakatlanayotgan tovuqlar aks etgan video keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videoda parrandalar xuddi ikki jamoaga bo‘lingandek ko‘rinadi. Ular o‘rtada turgan to‘p tomon navbatma-navbat yugurib, uni tumshuqlari bilan urishga urinadi. Tovuqlarning harakatlari esa tomoshabinlarda haqiqiy sport musobaqasini kuzatayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Lavhalar internet foydalanuvchilarining ham e’tiboridan chetda qolmadi. Ko‘pchilik videoga hazilomuz munosabat bildirib, parrandalarning harakatlarini voleybol o‘yini qoidalari bilan bog‘lashga urindi.

Jumladan, foydalanuvchilardan biri: "Yutqazgan jamoa tovuq taomiga aylanadi", deya hazillashgan. Yana bir kishi esa: "Axir, bitta o‘yinchiga to‘pni ikki marta urish mumkin emas-ku!" degan kinoyali izoh qoldirgan.

Video tovuqlarning noodatiy harakatlari va unga bildirilgan kulgili izohlar sabab ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘tarmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar