Turkiyada oddiy tirkamadan uyga aylanadigan avto-uylar sotilmoqda

Turkiyada oddiy tirkamadan uyga aylanadigan avto-uylar sotilmoqda

Turkiyada tashqi ko‘rinishidan oddiy tirkamani eslatadigan, biroq joyiga yetib borgach kengayib, kichik uyga aylanadigan Mini House Caravan'lar sotuvga chiqarildi.

Yig‘ilgan holda 4×2,1 metr o‘lchamdagi tirkama maxsus mexanizm yordamida ochilgach, taxminan 20 kvadrat metrlik yashash maydoniga ega bo‘ladi. Unda alohida yotoqxona, dam olish uchun joy, oshxona va hammom mavjud. Oshxonada 90 litr sig‘imli muzlatkich ham o‘rnatilgan.

Bunday uylar ixchamligi va ko‘chma ekani bilan e’tiborni tortmoqda. Ularni tirkama sifatida bir joydan boshqa joyga olib borish, manzilga yetgach esa kengaytirib, yashash uchun foydalanish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, modelning boshlang‘ich narxi 890 ming turk lirasini tashkil etadi. Biroq bu narxga QQS va yetkazib berish xarajatlari kiritilmagan.

Tabiat qo‘ynida ikki kishi quyosh panelli kemping tirkamasi yonida dam olmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar