Chexiya prezidenti Formula-1 poygasida fotograf bo‘lib ishladi

Chexiya prezidenti Petr Pavel Vengriya Gran-prisiga davlat rahbari sifatida emas, fotograf sifatida ham tashrif buyurdi. U avtodromga professional fotoapparat hamda FIAning rasmiy akkreditatsiyasi bilan kelgan.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan poyga jarayonida Pavel Formula-1 fotografi Jirji Krjenek bilan birga trassa bo‘ylab yurib, musobaqaning qizg‘in lahzalarini suratga oldi.
Bu prezidentning avtosport tadbirlarini professional tarzda tasvirga olishi bilan bog‘liq ilk tashrifi emas. U iyun oyida Fransiyada o‘tkazilgan poygada ham maxsus fotografik uskunalar yordamida ishlagan.
Petr Pavel sport fotografiyasiga uzoq yillardan beri qiziqib keladi. U avval MotoGP, World Superbike, NASCAR va “Dakar” rallisi kabi yirik musobaqalarni ham suratga olgan.






























Izohlar 0
…