Xitoy pandalar yashaydigan o‘rmonlarni tiklashga katta e’tibor qaratmoqda

Xitoy pandalar yashaydigan o‘rmonlarni tiklashga katta e’tibor qaratmoqda

Xitoyda maxsus parvarish ostida saqlanayotgan pandalar soni 830 taga yetdi. Shu bilan birga, ularning genetik xilma-xilligi ham ortib bormoqda. Bu haqda 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Global Panda Partners 2026 konferensiyasida ma’lum qilindi.

So‘nggi yillarda pandalarning yashash hududlarini o‘zaro bog‘lash maqsadida maxsus ekologik koridorlar tashkil etildi. Ular avval bir-biridan ajralib qolgan 13 ta pandaning umumiy populyatsiyaga qo‘shilishiga yordam berdi. Tadqiqotchilar ushbu yo‘laklarda pandalar va boshqa hayvonlarning 150 dan ortiq harakatlanish holatini qayd etgan. Bu esa hayvonlarning turli hududlar o‘rtasida ko‘chishi va juft topishini osonlashtirgan.

Panda Xitoyning milliy ramzlaridan biri bo‘lib, biologik xilma-xillikni asrash timsoli sifatida ham e’tirof etiladi. 2026 yilda mamlakatda pandalarni muhofaza qilishga qaratilgan milliy park tashkil etilganiga besh yil to‘ldi. Ushbu davrda qo‘riqlanadigan hududda tabiatni asrash borasida muayyan natijalarga erishildi.

Parkning Sichuan viloyatidagi qismi 19,3 ming kvadrat kilometrga yaqin maydonni egallaydi. Bu umumiy hududning qariyb 90 foiziga teng. Mazkur qismda 1 227 ta yovvoyi panda yashaydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida 22,6 ming gektardan ortiq panda yashash muhiti qayta tiklangan.

Shuningdek, milliy park hududida tabiatga zarar yetkazuvchi faoliyat ustidan nazorat kuchaytirildi. Natijada 200 ta konchilik litsenziyasi bekor qilindi. Yopilishi belgilangan 281 ta kichik gidroelektrostansiyadan 270 tasi faoliyatini to‘xtatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar