Eronlik savdogar Netanyahuga juda o‘xshaganligi sabab do‘koni boykot qilingani aytilmoqda

Eron poytaxti Tehronda faoliyat yurituvchi savdogar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga tashqi ko‘rinishidan juda o‘xshashligi sababli internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ayrim mijozlar uning Isroil bosh vaziriga o‘xshashidan norozi bo‘lib, do‘konidan xarid qilishni to‘xtatgan. Bu esa savdogarga moliyaviy zarar yetkazgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Biroq Jewish Breaking News nashri mijozlar tomonidan boykot uyushtirilgani yoki savdogar moliyaviy zarar ko‘rgani haqidagi xabarlarni mustaqil ravishda tasdiqlamagan.
Qayd etilishicha, avvalroq ayrim eronlik internet foydalanuvchilari savdogarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Shu tariqa, uning Netanyahuga o‘xshashligi ijtimoiy tarmoqlarda turli munozaralarga sabab bo‘lgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…