Sankt-Peterburgda chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: qotillikda o‘g‘li gumonlanmoqda

1 daqiqa o'qish0
Sankt-Peterburgda chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: qotillikda o‘g‘li gumonlanmoqda

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida chemodan ichidan O‘zbekistonda tug‘ilgan ayolning jasadi topildi. Uni o‘ldirishda 15 yoshli o‘g‘li gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli ayol Sankt-Peterburgda farrosh bo‘lib ishlagan. U oxirgi marta 1 noyabr kuni ishga borganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Shundan keyin yaqinlari u bilan bog‘lana olmagan. Ayolning singlisi 11 noyabr kuni politsiyaga murojaat qilgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, ayolning telefoni o‘chirilmagan, biroq u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan. Shunga qaramay, uning raqamidan SMS xabarlar yuborishda davom etilgan. Yozishmalarda ayol qayerdaligi yoki kim bilan ekaniga oydinlik kiritmagan.

Ayol ijaraga olingan xonadonda o‘g‘li bilan yashagan. O‘smir esa maktabga onasi nomidan yozilgan, kasalligi sabab darslarga qatnasha olmasligi haqidagi xatni olib borgan.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, 2 noyabr kuni ona va o‘g‘il o‘rtasida janjal yuz bergan. Tergov versiyasiga ko‘ra, o‘smir shu mojaro vaqtida onasini bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin uning jasadini chemodanga joylab, yashirgan.

Ayolning jasadi Sankt-Peterburgning Pargolovo mavzesida, Yukkoskiy soyi bo‘yidagi ekologik so‘qmoqda joylashgan chemodandan topilgan. Mazkur jinoyat yuzasidan ish qo‘zg‘atilgan, marhumaning o‘g‘li esa qotillikda gumonlanib, qo‘lga olingan.

«Fontanka» nashrining yozishicha, ona va o‘g‘il o‘rtasidagi kelishmovchilik elektron sigaret chekish masalasida ham yuzaga kelgan. Biroq bu tafsilot tergov organlarining rasmiy bayonotida keltirilmagan.

Hozirda tergov davom etmoqda, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?