
Tadqiqotchilarning xalqaro guruhi insoniyat yaqin yillar ichida o‘z xatosiga barham bermasa, keng ko‘lamdagi halokatga yo‘liqishi mumkinligi xususida bildirishmoqda, deb yozadi Mulohaza.uz nashri.
Potsdam universiteti xodimlarining bayonotiga ko‘ra, inson faoliyati ta’siri oqibatida sayyoramiz jiddiy xavf-xatar yoqasida turibdi. «Politekspert»ning xabariga qaraganda ekspertlar vaziyatni o‘nglash uchun dunyo ahlida uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat borligini ta’kidlashyapti.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilga borib Er kurrasidagi o‘rtacha harorat Selsiy jadvali bo‘yicha ikki darajagacha ko‘tarilishi va bu katta miqyosdagi iqlim o‘zgarishiga olib kelishi mumkin ekan. Iqlimshunoslar Erni qutqarish uchun zararli moddalarni atmosferaga chiqarishni keskin qisqartirish, foydali qazilmalar qazib chiqarishni kamaytirish, yoqilg‘idan voz kechib, quyosh energiyasidan foydalanish kerakligini tavsiya qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar