
ARMI-2017 doirasidagi “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovida O‘zbekiston jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida Qalampir.uz xabar qilmoqda.
Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovining final bosqichi Rossiyaning Tyumen viloyatidagi harbiy dala maydonida o‘tkazildi.
O‘zbekisonlik harbiylar ushbu tanlovda uchinchi o‘rinni egalladilar. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda birinchi o‘rinni rossiyalik, ikkinchi o‘rinni belorus harbiylari jamoalari qo‘lga kiritdi.
Musobaqa shartiga ko‘ra, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va O‘zbekiston harbiylari dushmanning tankka qarshi minalarini yo‘q qilishi va bronetexnikaning harakatlanishi uchun xavfsiz yo‘lak ochishi talab etilgan.
Ma’lumot uchun, Armiya o‘yinlari 2017 yilning 29 iyulidan 12 avgustiga qadar Rossiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston va Xitoyning 22-harbiy poligonida o‘tkaziladi. Ushbu Xalqaro musobaqada 28 davlat harbiylari ishtirok etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar