11:13 / 13.08.2017
5 245

Buyuk Britaniyaning EIdan chiqish muddati e’lon qilindi

Buyuk Britaniyaning EIdan chiqish muddati e’lon qilindi
Buyuk Britaniya 2019 yilning martida Evroittifoqni (EI) tark etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga mamlakat Bojxona ittifoqi va EI umumiy bozoridan ham chiqadi. Bu haqida moliya vaziri Filip Xemmond va tashqi savdo vaziri Liam Foks bergan ma’lumotga asoslanib, Kun.uz xabar berdi.

"Biz Bojxona ittifoqidan chiqamiz va mustaqil, ochiq savdo derjavasi sifatida eng foydali savdo bitimlari muhokamasi uchun erkinlikka ega bo‘lamiz", - deyiladi maqolada.

Vazirlar shuningdek Brexit'dan keyingi zarur o‘tish davri "abadiy davom etishi mumkin emas"ligini ta’kidlashdi.

Bundan avval byudjet bo‘yicha komissar Gyunter Ettinger Buyuk Britaniya Evroittifoq tarkibidan chiqqanidan keyin EI byudjetida yiliga 12 milliard evro etishmasligi haqida aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyaning EIdan chiqish muddati e’lon qilindi