Sibir xaskisi zotiga mansub it Alyaskadagi harbiy bazaning odamlar yashaydigan hududiga o‘z oilasi bilan adashib kirib qolgan baribal ayiqni quvib chiqarishga yordam berdi, deb yozadi Daryo.uz.
Alyaskaning eng yirik shahri — Ankoridj yaqinidagi harbiy bazadagi ushbu hodisani xavfsizlik kameralari kadrga muhrladi. Videoda xaski ayiqqa qarshi mudofaaga turib olib, uning odamlar yashaydigan hududga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaganini ko‘rish mumkin. Voqeani uchta ayiq bolasi daraxtga chiqib olgan holda uzoqdan kuzatgan.
Baribal ayiq itni ko‘rib, unga tashlangan, it esa qattiq vovullab, chekingan. Shovqin-suron itning egasi e’tiborini tortgan, u baqirib yuborgach, ayiq o‘rmonga qaytib qochib ketgan.
It jabrlanmadi. Bir necha kundan keyin xuddi shunday kattalikdagi ayiq bazaning boshqa qismiga qaytib keldi va uni otib tashlashga majbur bo‘lishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi