14:21 / 08.10.2017
6 728

«Hammasini biryoqli qilaman!». Atamboyev Nazarboyev va mahalliy siyosatchilar manziliga qattiq so‘zlar aytdi

«Hammasini biryoqli qilaman!». Atamboyev Nazarboyev va mahalliy siyosatchilar manziliga qattiq so‘zlar aytdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 7 oktyabr kuni davlat mukofotlarini topshirish marosimida mahalliy siyosatchilarni tanqid qilib, Qozog‘iston hukumatini mamlakatning sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyevni qo‘llashda aybladi. U shuningdek, 7 oktyabr kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirovni o‘zining eng yaxshi shogirdlaridan biri sifatida eslagan.

«Yangi prezidentning saylovlariga faqat bir hafta qoldi, hamda men bu mavzuni chetlab o‘ta olmayman. Hukumat nopok saylovlar o‘tkazmoqchi ekani haqida ko‘plab g‘iybatlar tarqamoqda. Mening ko‘plab do‘stlarim halol saylovlar o‘tkazilishi uchun harakat qilib jabrlandi, ba’zilari halok bo‘ldi... Agarda men Temir Jumaqodirov kabi halok bo‘lmasam, hamma bilan ishni biryoqli qilaman, lekin saylovlar adolatli bo‘ladi», - dedi Almazbek Atamboyev.

«Men Qozog‘iston hukumati bizga o‘z qarashlarini nima uchun o‘tkazishni istayotganini tushunaman. Ular Bakiyevni yaxshi ko‘radilar. Bakiyevlar Qozog‘istonda haligacha bayram kunlarini nishonlashadi. Men hatto Qozog‘istondagi eng yuqori mansabli shaxslardan Bakiyevlar odamlarni o‘qqa tutib, to‘g‘ri ish qilgani haqidagi gaplarni eshitdim. Sababi biz qozoq xalqiga yomon namuna bo‘lmoqdamiz. Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti Qirg‘izistonga qaraganda 8 barobar ko‘p ekanini aytib, to‘g‘ri gapirdi. Qozog‘istonning daromadlardagi o‘rtacha yalpi mahsuloti Qirg‘izistondan 10 barobarga ortiqdir. Nega unda Qozog‘istonda pensiyalar bu qadar yuqori emas va tariflar 5 barobarga qimmat? Chunki Qozog‘iston hukumati o‘g‘irlamoqda. Biz ham yomon misol bo‘lmoqdamiz, Atamboyev yomon misoldir», degan u qo‘shni davlat siyosati haqida.

Youtube portalida Atamboyevning qirg‘izistonlik siyosatchilar Babanov, Torobayev, Bakiyev va Utemuratov haqida aytgan gaplari videosi joylashtirilgan.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Hammasini biryoqli qilaman!». Atamboyev Nazarboyev va mahalliy siyosatchilar manziliga qattiq so‘zlar aytdi