U o‘z bashoratini sentyabr boshida e’lon qilgandi. O‘shanda 23 sentyabr -13 oktyabr oralig‘ida Amerikaga megabo‘ron yopirilishi mumkinligini aytgan va to‘lqinlar balandligi 650 metrgacha yetishini ta’kidlagan. Bo‘ron Kanar orollarida kuchli zilzilani yuzaga keltirishi, Kumbre-Vexa vulqoni uyg‘onishini ham bashorat qilgan.
Mana, 13 oktyabr ham yaqinlashib kelmoqda. Angliya milliy geografiya instituti olimlarining xabariga qaraganda, Kanar orollarida zilzila asta-sekinlik bilan boshlanib ulgurgan. To‘g‘ri, hozirgacha 50 dan ortiq yer silkinishi yuz berdi. Ularning magnituda kuchi Selsiy shkalasi bo‘yicha 3 balldan oshmadi. Ammo orollar uchun ham bu miqdor juda ko‘p demakdir.
Xo‘sh, zilzila nimadan darak beradi? Shubhasiz, Kumbre-Vexa vulqoni uyg‘ona boshlaganini shundan bilib olsa bo‘ladi. Seysmologlarning maslahati bo‘yicha Kanar orollari rahbarlari aholiga favqulodda yordam berish, ularni xavfsiz joylarga ko‘chirish rejasini ham tuzib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Kumbre-Vexa vulqoni oxirgi marta 1979 yili uyg‘ongan. O‘shanda ham sezilarli kasofatlarni keltirib chiqargan. Uning uyg‘onishi o‘shanda ham kuchli bo‘ron, okean suvi toshishini ta’minlagan. Suv toshqinlari esa Atlantik okeanda sodir bo‘lib, to‘lqinlarning balandligi 50 metrgacha yetishi turgan gap. Shimoliy Amerikaga yetgunga qadar to‘lqinlar balandligi 700 metrni tashkil etadi. Bu Amerika qit’asi suv ostida qolishi muqarrar deganidir.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi