15:17 / 21.10.2017
5 944

Donald Tramp Kennedining o’limiga oid ma’lumotlarning bir qismini yashirmoqchi ekanlikda ayblandi

Donald Tramp Kennedining o’limiga oid ma’lumotlarning bir qismini yashirmoqchi ekanlikda ayblandi
Oktyabr oyining oxirlarida Jon Kennedi o’limiga oid hujjatlarning barchasi omma e’tiboriga havola etilishi kerak edi. Biroq, aytishlaricha, Tramp ularning bir qismini nashr etishdan bosh tortgan.

Jon Kennedining o’limiga oid ma’lumotlarni 25 yil davomida qattiq sir saqlash haqidagi qonun 1992 yili katta Jorj Bush tomonidan qabul qilingan edi. Maxsus tuzilgan kommisiya esa sobiq prezident o’limiga oid barcha hujjatlarni to’plam ko’rinishiga keltirib, milliy xavfsizlik maqsadida 25 yil davomida oshkor qilmaslikni tavsiya etgan.

Ushbu arxivda o’sha paytlardagi kommisiya faoliyatiga doir yuzlab hujjatlar ham mavjud. Horijiy nashrlarda qayd etilishicha, Oq uy hujjatlar orasida milliy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar ham bor ekanligini ta’kidlagan va aynan shu sabab bilan Tramp ularni chop etmasligi tahmin qilinmoqda.

Eslatib o’tamiz, Jon Fitsjerald Kennedi 1963 yilning 22 noyabr kuni Dallasga safari chog’ida otib o’ldirilgan. Yetkazilgan jarohat natijasida prezident Kennedi o’sha kuniyoq vafot etgan. Uning o’limiga doir teshkirish ishlari uchun tuzilgan komissiya Kennedi Li Xarvi Osvald tomonidan otilganini aytgan. Ammo Osvaldning o’zi ham Kennedi o’ldirilgan kundan ikki kun o’tib politsiya boshqarmasidan okrug qamoqxonasiga olib ketilayotgan paytda otib tashlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Kennedining o’limiga oid ma’lumotlarning bir qismini yashirmoqchi ekanlikda ayblandi