Ispaniya hukumati qaroriga ko‘ra iste’foga chiqarilgan Kataloniya politsiyasi — Mossos d’Esquadra rahbari Jozep Luis Trapero o‘z iste’fosini tan oldi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.
AFP xabariga ko‘ra, janob Trapero o‘z iste’fosini tan olgani haqida qo‘l ostidagi xodimlarga maktub yo‘llagan.
Jozep Luis Traperoning maktubida qayd etilishicha, u hukumat qaroriga bo‘ysunadi. Shu bilan birga, u xodimlarni Kataloniya politsiyasining yangi rahbari — «komissar Ferran Lopesga sadoqat bilan xizmat qilish»ga chaqirgan.
Ferran Lopes bungacha Mossos d’Esquadra’da ikkinchi lavozim hisoblangan hududiy muvofiqlashtirish bo‘yicha komissar sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi Kataloniyada 1 oktyabr kuni o‘tkazilgan mustaqillik referendumi yuzasidan to‘rt shaxsga nisbatan ish ochgan. Ular orasida «Milliy assambleya» jamoat tashkiloti rahbari Jordi Sanches ham bor.
Agar ularning aybi isbotlansa, ayblanuvchilar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Sud hozircha Jozep Luis Traperoni qamoqqa olish haqida qaror chiqarganicha yo‘q.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi