23:56 / 01.11.2017
6 887

Nyu-York terakti ijrochisining yuk mashinasidan xat topildi...

Nyu-York terakti ijrochisining yuk mashinasidan xat topildi...
Nyu-Yorkda terakt sodir etganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik 29 yoshli fuqaro Sayfullo Soipov IShID guruhi a’zosi bo‘lgan. Bunga isbot tariqasida xat topilgan, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sayfullo Soipov o‘zi haydagan kichik yuk mashinasi ichiga o‘zi yozgan xatni tashlab qo‘ygan. Xatda u ushbu qo‘poruvchilik harakatni IShID nomidan sodir etishi haqida yozgan.

Politsiya Soipovni yaralagan holda qo‘lga olganida uning yonida Florida shtatida olingan haydovchilik guvohnomasi borligi aniqlangan. Unda gumondor Tampa shahrida yashashi qayd etilgan.

Sayfullo Soipovning qo‘shnilari uning rafiqasi va 2 nafar kichik yoshdagi bolalari borligini ma’lum qilishgan.

Surishtiruv vaqtida uning do‘sti Qobiljon Matkarov ham so‘roq qilingani haqida xabar bergan edik. Uning aytishicha, ular 5 yil avval Floridada yaqin do‘st bo‘lishgan. Sayfullo Soipov esa o‘sha vaqtda oilasi bilan AQShga kelganidan baxtli ekanligini ko‘p ta’kidlagan.

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga hamdardlik maktubini yo‘lladi va unda O‘zbekiston mazkur terakt yuzasidan yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham terakt yuzasidan rasmiy bayonnoma e’lon qildi.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York terakti ijrochisining yuk mashinasidan xat topildi...