Amur viloyatida «An-2» samolyoti halokatga uchradi, halok bo‘lganlar bor

Amur viloyatida «An-2» samolyoti halokatga uchradi, halok bo‘lganlar bor
Amur viloyatining Ekimchan qishlog‘i hududida «An-2» samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «Gazeta.ru» nashriga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Samolyot Ekimchandan Udskoye qishlog‘iga qarab uchayotgan bo‘lgan. Samolyot balandlikka ko‘tarildi va noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi va yonib ketdi», — deydi manba.

Manbaning aytishicha, havo kemasi bortida ikki kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, halokatga uchragan samolyot xususiy aviakompaniyaga tegishli bo‘lgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar