2 705
OAV: Trampning sobiq maslahatchisiga Gulenning ekstraditsiyasi uchun 15 mln dollar taklif qilingan
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn va uning o‘g‘li Kichik Maykl Flinnga turk muxolifatchisi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishidagi yordam uchun 15 mln dollar taklif qilgan.
Nashrning manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, Flinn va Anqara vakillari 2016 yil dekabrda Manxettendagi “21” nomli restoranda uchrashishgan. Bu uchrashuv vaqtida Gulenning Turkiyaga topshirilishi masalasi muhokama qilingan. Flinn bu vaqtda hali Oq uyda ishlamagan.
FQB ushbu uchrashuv bo‘yicha 4 kishini so‘roq qilgan. Manbalardan birining ma’lum qilishicha, tomonlar Gulenning shaxsiy samolyotda Imrali oroliga kuch bilan yetkazilishi imkoniyatini muhokama qilishgan. Biroq nashrga bu ma’lumotni bergan manbalar ushbu uchrashuvda shaxsan ishtirok etishmagan va bu haqda Flinn yoki uning yordamchilaridan biror ma’lumotga ega bo‘lishmagan.
Nashrning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda FQB ushbu ishning tergovini Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerga topshirgan. Shuningdek, Flinn biror pul olgani-olmaganining isboti yo‘q.
Yana bir manbaning ma’lum qilishicha, Flinn Trampning maslahatchisi bo‘lib ishlagan kezlarda o‘zining Oq uydagi mavqeidan foydalanib, Gulenning Turkiyaga qonuniy asoslarda topshirilishiga erishmoqchi bo‘lgan.
Flinn va uning o‘g‘lining advokatlari nashrga izoh berishdan bosh tortishgan.
Nashrning eslatishicha, Flinn Trampning ma’muriyatida ishlashidan oldin Turkiyaning AQShdagi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Gulen Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi hisoblanadi va oxirgi yillarda AQShda yashab keladi. Turkiya hukumati Gulenni o‘tgan yil Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinish tashkilotchisi deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”