
Hattoki araxnofobiyadan aziyat chekuvchi insonlar ham ushbu o’rgimchakning o’ta yoqimtoy ekanligini ta’kidlamoqdalar.
Joshua Slays tomonidan yaratilgan 20 soniyalik multfilmdagi qahramon o’rgimchak unga ovoz bergan yigitcha sharafiga Lukas ismini oldi. Multfilm internet foydalanuvchilari orasida shunchalar mashhur bo’lib ketdiki, Lukas sarguzashtlarining to’liq tarixini ko’rishga ishtiyoqmandlarning sanog’i topilmay qoldi.
Ayrim internet foydalanuvchilari ushbu multqahramonga qarab, o’rgimchaklardan qo’rqish hissini unutganlari haqida yozishgan, deyiladi xorijiy nashrlarning birida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar