
13 yoshli qizaloq mahalliy do’konlarning biridan sotib olingan nonni iste’mol qila turib, uning ichidan chiqqan ignani payqab qolgan.
Tyumenlik oila farzandi yangi pishirilgan ushbu nonni maktabdan kelgach, tushlik paytida tanovul qilgan va ota-onasining yoniga kelib, “Milkimga igna kirdi, u nonning ichida ekan” deb aytgan.
“Ko’zlarimga ishonmayman, qizim ignani yutib yuborishiga bir bahya qoldi” deydi qizning otasi.
Do’kon xodimlari esa un yaxshi elanmagan bo’lishi mumkinligini aytib bahona qilganlar, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar