18:37 / 09.12.2017
9 874

Ko’chada sayr qilib yurgan ayol dunyodagi eng katta avokado mevasini topib oldi

Ko’chada sayr qilib yurgan ayol dunyodagi eng katta avokado mevasini topib oldi
Gavay orollarida istiqomat qiluvchi Pamela Van plyaj yaqinida sayr qilib yurgan paytda og’irligi 2,37 kg va kattaligi odam boshi bilan teng keladigan avokado mevasini topib oldi. Shu kunga qadar Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan eng og’ir avokado mevasi 1,8 kg vaznga ega bo’lib, 2009 yili topilgan edi.

Xabarda aytilishicha, avokadoning ushbu Persēa americāna turi ajoyib usulda ko’payish xususiyatiga ega. U bir nechta og’ir va etli mevalar yetishtirib, ularni hali qattiqlik paytidayoq yerga to’kib yuboradi.

Ular o’tkir hidga ega bo’lmaydi va yashil tusdan jigarrang-sarg’ish ko’rinishga kirib boradi. Ushbu mevaning danagi ham juda katta ko’rinishda ekanligi bilan ajralib turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko’chada sayr qilib yurgan ayol dunyodagi eng katta avokado mevasini topib oldi