Yaqinda yuz bergan zilzila oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda 60dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda

Bugun Toshkentda 14:19 da yuz bergan 5 balli er qimirlashi markazi Hindiqush tog‘ tizmasida ekanligi va unga yaqin Afg‘onistonda zilzila kuchi 7,7 balni tashkil etgani xabar qilinmoqda.
Shuningdek, ushbu zilzila Pokiston va Hindiston shimolida ham 7,5 balda qayd etilgan.
Toshkentda er qimirlashi 5 balni tashkil etgani ma’lum qilingan bo‘lsa, janubiy viloyat Surxondaryoda seysmologik stansiya ma’lumotiga ko‘ra, 5,5 balni tashkil etgan.
Bishkekda 3-4 bal, Tojikistonda 4 baldan ko‘proq kuchga ega bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning Toxar viloyati Talukan shahridagi maktabda er qimirlashi yuz bergan vaqtdagi tartibsizlik tufayli kamida 12 kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangan.
The Times of India nashrining yozishicha, hozirda zilziladan jami 69 kishi, shundan 52 kishi Pokistonda halok bo‘lgani va 150dan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing