Bugun Xalqaro koinot stansiyasiga uch fazogir parvoz qiladi
1 daqiqa o'qish6.5K

Bugun, 17 dekabrda rossiyalik fazogir Anton Shkaplerov hamda yaponiyalik va amerikalik astronavtlar Norishige Kanai va Skott Tingl Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro koinot stansiyasi tomon “Soyuz MS-07” kemasida parvoz qiladi.
“Soyuz MS-07” kemasi orbitaga “Soyuz-FG” raketa tashuvchisi yordamida olib chiqiladi. Raketaga Toshkent vaqti bilan soat 12:21da start beriladi.
14 dekabrda XKSdan uch fazogir: rossiyalik Sergey Ryazanskiy, NASA va YeKA a’zolari Rendolf Breznik va Paolo Nespoli Yerga qaytishgandi.
Hozirda stansiyada rossiyalik Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akaba qolgan. Ular keyingi ekspeditsiya kelguncha stansiyada ishlashni davom ettirishadi.
Manba: Kun.uz

- #Rossiyalik Fazogir
- #Yaponiyalik Astronavt
- #Amerikalik Astronavt
- #Xalqaro Koinot
- #Soyuz MS-07
- #Toshkent Vaqti
- #Kosmodrom
- #Orbitaga Start
- #Ekspeditsiya Ijro
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…