Krasnoyarskda politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish6.9K
Krasnoyarskda politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi
Krasnoyarsk o‘lkasida politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi. Bu haqda «Rossiya IIV» o‘lka boshqarmasi xabariga tayanib «Daryo» yozmoqda.

Divnogorsk shahar navbatchilik qismiga 19 yoshli qiz murojaat etib, uyida mojaro yuz berayotgani, o‘gay otasi esa kvartiraga qo‘ymayotganidan shikoyat qildi. Hodisa joyiga katta serjantlar Denis Sumin va Pavel Volosunov jo‘nadi. Pod’yezdga kirib, ular mazkur kvartiradan yordam so‘ralgan qichqiriqlarni eshitdi.

Sumin ichkariga kirishga harakat qildi, biroq unga ov qurolidan o‘gay qizini otib tashlashga uringan erkak xalaqit berdi. Politsiyachi yonida turgan qizni itarib yubordi va o‘zi o‘qqa nishon bo‘ldi. Ikkinchi politsiyachi hamkasbiga yordam berish chog‘ida yaralandi.

Shunday bo‘lsa ham, qiz va Suminni ko‘chaga olib chiqish hamda yordam chaqirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki serjant ham jonlantirish bo‘limiga yetkazildi. Sumin o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi, Volosunovning hayoti xavf ostida emas.

Voqea joyiga kelgan yordam kuchlari kvartirada qizning onasi va o‘gay otasi jasadiga duch keldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkak joniga qasd qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?