
Gretsiyaning To Vima gazetasining xabar berishicha, Gretsiya politsiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga tayyorlanayotgan suiqasdning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Yozilishicha, bu suiqasdni DHKP-C (Devrimci Halk Kurtuluş Partisi-Cephesi) so‘l-radikal tashkiloti jangarilari amalga oshirmoqchi bo‘lishgan.
Bu suiqasd ikkita guruh tomonidan tayyorlangan. Guruhlarning biri Turkiyalik jangari-fuqarolar, ikki nuqtadan turib Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kortejiga granatometlar yordamida hujum uyushtirishi, ikkinchi guruh esa, bevosita Erdo‘g‘anning avtomobilini avtomatlardan o‘qqa tutishi kerak bo‘lgan.
Ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Turkiya maxsus xizmatlari suiqasdni tayyorlayotganlar foydalanmoqchi bo‘lgan, yashirib qo‘yilgan qurol-yarog‘, granatalar, yondiruvchi vositalar va boshqa qurollarni qidirishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar