
Buryatiyalik shifokorlar 74 yoshli nafaqaxo’r ayol oshqozonidan 150 ta metall buyumlarni chiqarib oldilar. Respublika klinik shifoxonasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra ayolning qizilo’ngach, tomoq va oshqozon devorlari butunligicha qolgan.
Xabarda aytilishicha, jarrohlar bemor oshqozonida uzun mix, shurup, gayka, bolt, eshik ilgaklari va uzunligi 15 sm keladigan armatura bo’laklarini ko’rib yoqa ushlaganlar. Shuningdek, bemor oshqozonidan 925-probaga ega kumush zanjir ham topilgan. Shu tariqa shifokorlar umumiy hisobda 152 ta buyumni oshqozondan olib tashlashgan.
Operatsiyadan so’ng jarrohlar oshqozon va qorin devorlarini ikki qator chok bilan tikib qo’yishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar