Amerika kompaniyalari har yili bekor o‘tirgan xodimlarga 100 mlrd dollar to‘laydi

1 daqiqa o'qish3.1K
Amerika kompaniyalari har yili bekor o‘tirgan xodimlarga 100 mlrd dollar to‘laydi
AQSh kompaniyalari xodimlarga har yili ishda bekorga sarflangan vaqt uchun 100 mlrd dollar to‘laydi. Bu haqda «Vedomosti» Ostindagi Texas Universitetining McCombs School of Business dotsenti Endryu Brodski tadqiqotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ekspertlar 29 kasbning 1003 vakilini so‘rovdan o‘tkazishgan. Ularning to‘rtdan uch qismi ishlarida bekorga sarflanadigan vaqt bo‘lishini tan olishdi, 22 foiz respondentlar esa bunday holat ular bilan har kuni yuz berishini aytishdi.

Tadqiqotchilar bekorga sarflangan vaqt sifatida xodim ish o‘rnida bo‘lgan, biroq o‘z majburiyatlarini bajarmagan vaqtni belgilashgan: masalan, do‘kon sotuvchisi xaridorlarni kutish chog‘ida hech narsa bilan band bo‘lmaydi.

Olimlar bunday bekorga ketgan vaqt qiymatini olish uchun ularning bir yildagi o‘rtacha miqdorini ofislarda to‘liq kun davomida ishlovchi amerikaliklar soniga ko‘paytirishdi. Tadqiqotchilar bu raqamni mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga ham ko‘paytirishgan – soatiga taxminan $17,09 v chas.

Hisobot muallifi Endryu Brodskining ta’kidlashicha, ishdagi tanaffuslar foyda keltirishi mumkin: ular xodimlarga professional «yonib ketishdan» himoyalanishda yordam beradi hamda bo‘sh ishchilar uchun favqulodda masalalarni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatadi. Biroq, odamlar kichik yuklamada vazifani butun ish vaqtiga cho‘zishga harakat qiladi, masalan, band ekanini rahbariyatga ko‘rsatish uchun, deydi Brodski.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?