
Shu haqda Eron davlat televideniyesi rasman xabar tarqatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularni mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘ldirgan.
Eron xavfsizlik xizmatidagilarning aytishicha, namoyishchilar politsiya uchastkasi va harbiy bazalardan birini qo‘lga kiritishga uringan.
Biroq politsiya hamda xavfsizlik xizmati vakillari bu urinishlarni bartaraf eta olgan. Xavfli jihati shundaki, namoyish ishtirokchilarining deyarli barchasi qurollangan.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ommani tinchlanishga undarkan, bu ishda «Islom inqilobi»ni ko‘ra olmaydiganlarning, jumladan, Amerika va Saudiya Arabistoni rahbarlarining qo‘li borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Mamlakat rahbarlari namoyishlar tugamaguncha «Instagram» va «Telegram» internet ijtimoiy tizimlarini yopib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar