8 976
Ufologlar: "Osmon-u falakdan tez-tez pastga tushib turadigan o‘zga sayyoraliklar aslida yovuz ruhlar..."
Shu haqda ufolog Boris Bakumenko navbatdagi seminarlardan birida alohida ta’kidlab o‘tdi.
— Bu surat chelyabinsklik N ismli ayolga tegishli, — dedi u. — Suratda olis sayyoralardan tashrif buyurganlarning tanasi, ichki a’zolari tasvirlangan. Ammo shuni aytib o‘tishim joizki, N ismli bu ayol ilgari hech qachon surat chizish bilan shug‘ullanmagan. Fikri ojizimcha, uning miyasiga kimlardir o‘zga sayyoraliklar suratlarini xufiyona tarzda joylash bilan shug‘ullanadi. Vrachlar esa uni tekshirib ko‘rib ruhiy jihatdan sog‘lomligini bayon qilishdi…
Ufologlar bu suratda aslida iblis yoki yovuz ruhga o‘xshash insoniyatga notanish zot tasvirlanganini aytishdi. Xullas, nima bo‘lmasin, bular yaqin o‘tmishda o‘z isbotini topgan.
Masalan, hikoya qilishlaricha, 1973 yil 25 oktyabrda g‘arbiy Pensilvaniyadagi Grinsburg degan joyda fermer Stiven Pulaski ikki nafar o‘smir o‘g‘illari bilan g‘aroyib manzaraning guvohi bo‘lgan. Ular osmonu falakdan juda yorqin qizil shar tushib kelayotganiga guvoh bo‘lishdi.
Fermer qiziqsinib o‘g‘illari bilan o‘sha yoqqa yo‘l oldi. Ob’ektga yaqin kelishganda, mashina chiroqlari o‘z-o‘zidan xira tortib qoldi. Shar esa endi o‘zidan qizil emas, oppoq nur taratib pastga tushib keldi. Sharning diametri taxminan 100 futga teng bo‘lib, o‘zidan xuddi o‘t o‘radigan mashina kabi tovush chiqarardi.
Bir mahal bolalarning biri qichqirib yubordi. Ma’lum bo‘ldiki, shar aynan u tarafga qarab kelardi. Fermer jonholatda vintovkasiga yopishdi. Ammo o‘q uzishga ulgurmadi. Shar o‘zidan juda kuchli nurni ular tomon yo‘lladi-yu, ko‘z o‘ngilarida ikkita ajabtovur jonzot hozir bo‘ldi. Ularning bo‘yi juda baland bo‘lib, naq 7-8 fut kelardi. Fermerda bular gumanoidlar, ya’ni, o‘zga sayyoraliklar ekaniga zarracha shubha qolmadi.
Gumanoidlar ancha yuqorida turgan bo‘lsalar-da, qo‘llari yergacha bemalol yeta olayotgandi. Ularning ko‘zi yashil-sariq, tanasini esa uzun, kulrang yung qoplagandi. Gumanoidlar fermer va uning o‘g‘illariga yaqinlashgach, ulardan kuyayotgan charm hidi anqiy boshladi. Chaqirilmagan mehmonlar o‘zidan xuddi chaqaloq yig‘isiga o‘xshash tovush chiqarishardi. Hoynahoy, ular shu tovush orqali bir-biri bilan tillashardi.
Fermer toqati toq bo‘lib vintovkadan gumanoidlarning birini mo‘ljalga olgan holda o‘q uzdi. Shu zahoti gumanoid o‘ng qo‘lini yuqoriga ko‘tardi-yu, ko‘z ochib yumguncha shar g‘oyib bo‘ldi. Undan oppoq dog‘ qoldi xolos. Gumanoidlar esa shundan keyin ham birpas turib qoldi. Keyinchalik ikkalasi ham yuqoriga o‘rladi va g‘oyib bo‘ldi. Vintovkadan otilgan o‘q ularga ziyon yetkazmagan bo‘lsa-da, odamlar o‘zga sayyoraliklarga nisbatan agressiv munosabatda ekanini anglashdi chog‘i. Shu sababli yerliklar bilan tillashishni xohlashmadi.
Ajablanarlisi bunda ham emasdi. Oradan hech qancha o‘tmay, fermer go‘yo aqldan ozgan kabi uyoqdan buyoqqa chopib, xuddi vahshiy hayvon kabi irillashga tushdi. Shu asnoda nimalardir derdi-yu, odam bolasiga aytganlari umuman tushunarsiz edi. Saldan keyin daf’atan yerga quladi va jim bo‘ldi.
O‘ziga kelgach, Pulaski unga Azroil yaqin kelganini, hadeb uning ismini aytib baqirganini gapirib berdi…
Bu voqeadan keyin ham ko‘pchilik shu taxlit manzaralarga duch keldi. Barchalarining hikoyalarini bir yerga jamlagan ufologlar yakuniy fikrni bayon etishdi.
Ha, odamlar ko‘ziga ko‘rinib, ularni muvozanatdan chiqarayotgan, qo‘rqishga, hayajonlanishga majbur etayotganlar aslida o‘zga sayyoraliklar emas, balki, yovuz ruhlardir. Ruhlar shu yo‘l bilan o‘zlarini tirik ekanida dahshatli o‘limga mahkum etgan kimsalar o‘chini boshqalardan olishni ixtiyor qilgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas