19:18 / 20.01.2018
10 200

Хulosa o’zingizdan: Kiprik ulash muolajasi qizning ko’zlarini dahshatli ko’rinishda shishirib yubordi

Хulosa o’zingizdan: Kiprik ulash muolajasi qizning ko’zlarini dahshatli ko’rinishda shishirib yubordi
Kanadalik Izabel Kan mahalliy go’zallik salonlaridan birida kiprik ulash muolajasini boshdan kechirdi va yuzaga kelgan allergik reaksiya tufayli dahshatli holatga tushib qoldi. Muolajadan ikki kun o’tib, salonga kelgan qizning ikki ko’zi shunchalar shishib ketgandiki, u qovoqlarini yuqoriga ko’tarib ocha olmaydigan darajaga kelgan edi.

Ushbu muolaja Kan uchun birinchi kiprik ulash jarayoni bo’lmagan, u o’tgan yil davomida ham oyiga ikki martadan ushbu muolajani amalga oshirib yurgan, deyiladi xabarda.

Oxirgi muolajadan so’ng Kanning qovoqlari shisha boshlagan va u salon mutaxassislariga maslahat so’rab murojaat qilgan. Ular esa yelimning yaxshi sifatda bo’lganini aytib qizni ishontirishgan.

Kanning aytishicha, bir haftaga qolmay shishlar qaytib ketgan. Qiz ushbu voqeadan keyin ham muolajaga qayta murojaat qilish fikridan voz kechmoqchi emas.

Ha, ayrim insonlarning tavba qilishi uchun bitta saboqning o’zi yetarli bo’lmaydi!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Хulosa o’zingizdan: Kiprik ulash muolajasi qizning ko’zlarini dahshatli ko’rinishda shishirib yubordi