Qozog‘iston parlamentiga Nazarboyevga umrbod Xavfsizlik kengashiga raislik qilish huquqini beruvchi qonun loyihasi kelib tushdi

1 daqiqa o'qish3.5K
Qozog‘iston parlamentiga Nazarboyevga umrbod Xavfsizlik kengashiga raislik qilish huquqini beruvchi qonun loyihasi kelib tushdi
Qozog‘iston parlamentiga Qozog‘istonning birinchi va hozircha yagona prezidenti bo‘lmish Nazarboyevga umrbod Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilish huquqini beruvchi qonun loyihasi kelib tushdi. Shu bilan birga Xavfsizlik kengashining maqomini maslahat –konsultativ organidan konstitutsiyaviy organga aylantirish ko‘zda tutilmoqda, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Bundan tashqari Xavfsizlik kengashining maqomi maslahat –konsultativ organidan konstitutsiyaviy organga aylantirish ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasining hozirgi tahrirdagi ko‘rinishi qabul qilingudek bo‘lsa, Xavfsizlik kengashi mamlakat boshqaruvida yetakchi markazlardan biriga aylanadi, organ va uning rahbari tomonidan qabul qilingan qaror barcha xukumat idoralari va amaldorlar uchun majburiy bo‘ladi.

Siyosatshunos va Demokratiyani rivojlantirish Markaziy Osiyo jamg‘armasi rahbari Tolg‘anay Umbetaliyeva Xavfsizlik Kengashi to‘g‘risida parlament muhokamasiga kelib tushgan qonun loyihasi shu ko‘rinishda qabul qilingudek bo‘lsa, Qozog‘iston siyosiy tizimi va strukturasini “jiddiy o‘zgartirishi”ni “o‘ylamasligini” ta’kidladi. Umbetaliyevaning fikricha, gap bu yerda yangi harbiy doktirina qabul qilinganidan so‘ng Xavfsizlik Kengashi funksiyasini qayta ko‘rib chiqish jarayoni ketayotganini ko‘rsatmoqda, chunki xokimiyat o‘zgarishi jarayonida tashqi aralashuvlarni ham ehtimoldan soqit qilib bo‘lmaydi.

«Institut razvitiya konstitutsionalizma i demokratii» (“Demokratiya va konstitutsionalizm taraqqiyoti instituti”) jamoat jamg‘armasi direktori Mereke Gabdualiyev qonun loyihasida “xokimiyat tranziti davrida elita taraqqiy etgan yo‘l bilan kelisha olmasa, u holda “sug‘urtalash”ga urinishni ko‘rayotganini ta’kidladi.

«Hozircha xokimiyat almashinayotganida kim o‘zini qanday tutishi aniq emas. Biroq kimdir “o‘zgara boshlashi” aniq. Mana shuning uchun ham Xavfsizlik Kengashiga konstitutsiyaviy organ maqomi berilmoqda. Tahmin qilib ko‘raylik, agarda yangi prezident vazifasini bajarishga kirishganidan so‘ng «fors-major» (favqulotda vaziyat) yoki unga urinish yuz bergudek bo‘lsa, u holda elboshi mana shu jarayonni nazorat qilish imkoniyatlarini saqlab qoladi», — deydi Mereke Gabdualiyev.

2017 yilda Qozog‘iston Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritildi, unga ko‘ra xokimiyat vakolatlarining ayrimlari qayta taqsimlanishi, parlament va xukumatning roli kuchaytirilishi ko‘zda tutilgan edi. Xalqaro huquqni himoya qiluvchi Freedom House tashkiloti konstitutsiyaviy islohatlarni “eski ayvon peshtoqidagi bo‘yoqlar” va hukumat taqsimlanishidagi cheklovlarga urinish sifatida baholagan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?