Buyuk Britaniyaning London shahri chekkasida kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib, uch kun yuqoriga chiqa olmagan odam qutqarildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Yer tagidan baqirayotgan odam ovozini eshitgan mahalliy aholi zudlik bilan shoshilinch xizmatga qo‘ng‘iroq qilishdi. Politsiyachilar kanalizatsiya lyukini ochib, jabrlangan erkakni yuqoriga chiqarishdi.
“Erkak loyga botgan, hatto oyog‘ida poyabzali ham yo‘q edi”, dedi voqeaga guvoh bo‘lgan ayollardan biri. 48 yoshli erkakning aytishicha, u ochiq turgan lyukka tushib ketgan. Yuqoriga ko‘tarilishning ilojini topolmagach, boshqa chiqish eshigini qidirgan. U uch kun mobaynida yer tagida o‘n kilometr yo‘l bosgan.
London shahar kanalizatsiyasiga javobgar bo‘lgan Thames Water kompaniyasi vakillari erkakning so‘zlariga shubha qilmoqda. Ularning fikricha, erkak qutqarilgan joyidan bir yarim kilometr uzoqlikda bo‘lgan oqava suv quvuri orqali kanalizatsiyaga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi