18:49 / 19.02.2018
6 162

Olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi

Olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi
Portugaliyalik olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi – hujayralarda xromosomalar anomal soni paydo bo‘lishining oldini olish. Bu haqda “BioRxiv.org”ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Organizmda qarish jarayonida aneuplodiya – xromosomalar soni o‘zgarishi paydo bo‘lgan hujayralar soni ortadi. Shu tufayli mitoz – xromosomolar ikkita yangi yadro o‘rtasida bir xilda joylashadigan hujayralarning bo‘linishi uchun javob beruvchi genlar faolligi o‘zgaradi.

Olimlar sichqonlarda qator tajribalar o‘tkazishdi va hujayralarni bo‘lish mexanizmini o‘zgartirishdi. Mitoz ishidagi buzilishlar progeriya – belgilanganidan avvalgi qarishga olib keldi.

Keyinchalik tadqiqotchilar fibroblastlar hujayralarida qarish markerlarini tahlil qilishdi. Ular uchta turli yosh toifasidan olindi – chaqaloqlar, o‘rta yoshdagi odamlar va keksalardan.

Natijada aniqlanishicha, yosh o‘tgani sari organizmda hujayralar bo‘linishini nazorat etiuvchi genlar faolligini tartibga soladigan Forkhead box M1 oqsillari “bosib turila boshlanadi”.

Shu bilan birga, agarda oqsillar miqdori sun’iy tarzda oshirilsa, organizmda xromosomalar va qarish markerlari sonining o‘sishi pasayadi.

Mutaxassislar fikricha, tadqiqot natijalari qarish bilan kurashning terapevtik uslubllarini ishlab chiqishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi