2017 yil yakunlari bo‘yicha Rossiya va MDHning boshqa davlatlari multimillionerlar – 5 mln dollar va undan ko‘proq pulga ega bo‘lganlar sonining o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu mamlakatlar guruhida multimillionerlar soni 27 foizga ko‘paydi – 42 ming 390 kishi. Bu sur’atlar umumjahon ko‘rsatkichi, shuningdek, sayyoraning boshqa mintaqalaridan ham ko‘p. Bunday ma’lumotlar Knight Frank ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan har yillik hisobotda taqdim etildi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida boy odamlarning ko‘payishiga bo‘lgan tendensiya o‘tgan yil boshida “Rossiyaning retsessiyadan chiqishi” bilan to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, ushbu davlatlar guruhi 2012 yildagi ko‘rsatkichlardan hali ancha uzoq, o‘shanda ularda umumiy hisobda 66 ming 700 multimillioner bo‘lgan. Knight Frank taxminlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichga yaqin besh yilda ham erishib bo‘lmaydi. Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida 5 mln dollar va undan ortiq pulga ega bo‘lganlar soni 53 mingdan ortiqni tashkil etishi kutilyapti.
2017 yilda bu mamlakatlar guruhida juda boy odamlar soni ham ortdi. Bugungi kunda 50 mln dollar va undan ko‘proq pulga 2870 kishi egalik qilsa (o‘sish 26 foiz), 500 mln dollar va undan ortiqqa – 250 kishi (o‘sish 19 foiz). Ekspertlarning fikricha, ushbu ikki guruh ham kelayotgan besh yilda kengayib boradi, deb xabar qilmoqda TASS.
Hozirgi kunda dunyoda 2 mln 515 ming 480 multimillioner bor. O‘tgan bir yilda ularning soni deyarli 215 mingga ko‘paydi. 2017 yilda ularning 929 mingdan ortig‘i Shimoliy Amerikada yashagan. Ikkinchi o‘rinda Osiyo (taxminan 687 ming), uchinchi – Yevropa (650 mingdan ortiq). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin