date

2031 yilga borib milliarderlar soni keskin oshadi

2031 yilga borib milliarderlar soni keskin oshadi

Jahonda boylik to‘plash jarayoni tobora tezlashmoqda. Xalqaro tahlillarga ko‘ra, yaqin yillarda milliarderlar soni sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda dunyoda 3 mingdan ortiq milliarder mavjud. Keyingi besh yil ichida bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga o‘sib, 4 mingga yaqinlashishi mumkin. Shu bilan birga, kamida 30 million dollar aktivga ega bo‘lgan multimillionerlar soni ham jadal ko‘paymoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday o‘sishga asosan texnologiya va ayniqsa sun’iy intellekt sohasidagi yuqori daromadlar turtki bo‘lmoqda. Yangi imkoniyatlar biznesni kengaytirishni osonlashtirib, qisqa vaqtda katta boylik orttirishga sharoit yaratmoqda.

Tahlillar ayrim davlatlarda o‘sish ayniqsa tez kechayotganini ko‘rsatadi. Xususan, Yaqin Sharq va Yevropa davlatlarida milliarderlar soni bir necha barobarga ortishi prognoz qilinmoqda.

Biroq bu jarayon jamiyatdagi boy va kambag‘al o‘rtasidagi tafovutni yanada chuqurlashtirmoqda. Ayrim hisobotlarga ko‘ra, juda kam sonli insonlar butun dunyo aholisining katta qismiga nisbatan bir necha barobar ko‘proq boylikka ega.

Ekspertlar shu sababli o‘ta boylarga nisbatan soliq siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlamoqda. Chunki yirik kapital egalari iqtisodiy emas, balki siyosiy ta’sirni ham kuchaytirib borayotgani xavotir uyg‘otmoqda.

Hozirgi kunda eng boy insonlar reytingida Ilon Mask yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Larri Peyj va Jef Bezos joy olgan.

Tahlillarga ko‘ra, yaqin yillarda milliarderlar geografiyasi ham o‘zgarishi mumkin — yetakchilik asta-sekin Osiyo mintaqasiga o‘tishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 2031 yilga borib milliarderlar soni keskin oshadi