date

Ramzan Kadirov Vladimir Putinga sadoqatli askar kabi xizmat qilishini ma’lum qildi

Ramzan Kadirov Vladimir Putinga sadoqatli askar kabi xizmat qilishini ma’lum qildi

Checheniston rahbari Ramzan Kadirov “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali 18 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi haqida aytgan fikrlariga munosabatini bildirdi.
Vladimir Putin matbuot anjumani vaqtida terrorizm haqida so‘z ochib, Chechenistonda 4 dekabr kuni yuz bergan fojialardan keyin, terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni e’tirof etdi. U terrorchilikka qarshi barcha yo‘nalishlarda kurashish lozimligini ta’kidladi.
“Prezident mening bu boradagi bayonotlarim odamlar kutganiga to‘liq mos bo‘lganini ta’kidladi. Jahon tajribasida ham terrorchilik bilan kurashda jangarilarning qarindoshlarini javobgarlikka tortish amaliyoti mavjud. Shu bilan birga, prezident qonun doirasida harakat qilish lozimligini ham ta’kidladi.
Biz Prezident tomonidan ushbu hodisalarga berilgan bahoni va qo‘yilgan vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz unga xizmat qiluvchi askarlarmiz va prezidentning istalgan buyrug‘ini bajarishga tayyormiz. Bugun biz yana bir marta Rossiyani eng qiyin davrlardan olib o‘ta oladigan etakchiga ega ekanimizga ishonch hosil qildik”, − deb yozgan Ramzan Kadirov.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Kadirov Vladimir Putinga sadoqatli askar kabi xizmat qilishini ma’lum qildi