Polshalik Tomash Komenda 15 yoshli Malgojata Kvyatovskayani zo‘rlaganlikda va o‘ldirganlikda ayblanib, 25 yilga qamalgan edi, deb xabar beradi Daryo nashri TJournal'ga asosan.
U qamoqqa olingan paytda 23 yoshda edi, hozir uning yoshi 42 da. Tomash 18 yil umrini qamoqda o‘tkazganidan so‘ng uning nohaq qamalgani hukumat tomonidan tan olindi.
Kvyatovskaya 1996 yilning dekabr oyida o‘ldirib ketilgan edi. Uning jasadi erta tongda topilgan. Bir kun avval qiz bir necha do‘stlari bilan diskotekaga borgan edi.
Mazkur qotillik yuzasidan ochilgan jinoyat ishi uch yil davom etdi. Biroq uch yildan so‘ng ham ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni jazolash uchun yetmadi.
2016 yilda prokuratura Malgojata Kvyatovskyaning ishiga qayta murojaat qildi.
2017 yilning iyunida esa qizni ko‘p sonli zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun qamoqda o‘tirgan Irineush M ismli shaxs o‘ldirgani aniqlandi. Shundan so‘ng ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va 18 yil qamoqda o‘tirgan Tomash Komenda aybsiz deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?