Turkmaniston Prezidenti o‘g‘lini mamlakat tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinladi

1 daqiqa o'qish4.5K
Turkmaniston Prezidenti o‘g‘lini mamlakat tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinladi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining o‘g‘li Serdarni Turkmaniston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda “Turkmaniston” xukumati saytiga tayanib Tnews.uz xabar bermoqda.

36-yoshli Serdar parlament deputati va qonunchilik qo‘mitasi raisi hisoblanadi (u deputat etib saylanganidan uch oy o‘tib qo‘mita raisi etib saylangan edi). Unga qadar 2015 yilning iyul oyida Turkmaniston prezidentining o‘g‘li maxsus farmoyish bilan mamlakat TIV tuzilmasida mansabga tayinlangan va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan edi.

U 2017 yilning bahor va yoz oylarida u bir qator xorij davlatlariga rasmiy tashriflarni amalga oshirdi va bir qator mamlakatlar, jumladan Rossiya va Qozog‘istonning yuqori lavozimli amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, u tez-tez otasi bilan ommaviy tadbirlarda ishtirok etmoqda, rasmiy xabarlarda esa u “xalq farzandi” deya tilga olinmoqda hamda uning mamlakat taraqqiyotidagi, jumladan fizkultura harakati va sport sohasidagi xizmatlari e’tirof etiladi. Bularning hammasi xorijlik siyosatshunoslarga aynan Serdar Turkmanistonning amaldagi prezidentining merosxo‘ri degan xulosaga kelishlariga sabab bo‘lmoqda.

Biroq hokimiyatni topshirish yaqin orada bo‘lmaydi: 2016 yilning sentyabrida Berdimuhamedov umrbod prezident bo‘lib qolish xuquqini qo‘lga kiritdi va uning uchun davlat rahbari bo‘lish borasidagi 70 yoshlik cheklovlar bekor qilindi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning bir o‘g‘lidan tashqari yana uch nafar qizlari ham bor.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?