Ashxabodda politsiya Qozog‘iston unini sotuvchilarni so‘roq qilmoqda

1 daqiqa o'qish4.2K
Ashxabodda politsiya Qozog‘iston unini sotuvchilarni so‘roq qilmoqda
Turkmaniston poytaxtida politsiyaning jinoiy qidiruv bo‘limi xodimlari savdo nuqtarida reydlar o‘tkazmoqda va Qozog‘iston uni sotiladigan do‘konlarning egalari va sotuvchilarini so‘roqqa tortmoqda. Bu haqda Ashxabodda istiqomat qiluvchi Amanmurat Bugayev ma’lum qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Uning aytiishicha, Rossiya va Qozog‘iston unining importi va sotuvi Turkmaniston maishiy hayotida o‘rin egallab kelgan. O‘tgan yili g‘alla hosili rejadagidan ancha kam bo‘lgani, shuningdek qora bozorda dollar narxi ko‘tarilgani bois unning narxi ko‘tarilib ketdi.

Kuzatuvchining xabar berishicha, 2 aprel kuni Ashxaboddagi qora bozorda 1 AQSH dollarini 13,8 manatga sotib olishgan hamda 14,10 manatga sotishgan. Shu tariqa qora bozordagi dollar kursi Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursdan to‘rt barobar ko‘tarilib ketdi.

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 2017 yildan boshlab Turkmanistonning Rossiyadan import qiladigan un miqdori keskin kamaydi. Biroq 2017 yil oxiri, 2018 yil boshlarida Ashxabod bozorlari peshtaxtalarida Qozog‘istondan olib kelingan un daromad keltiruvchi tovarga aylandi.

Mazkur tovarning ko‘paygani, hamda uning sifati rasmiylarning shubhalariga sabab bo‘lmoqda, “sdelano v Kazaxstane”(“Qozog‘istonda tayyorlangan”) yozuvi ostida sotilayotgan un aslida mahalliy ishlab chiqaruvchilarniki bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Shu sababli politsiya sotuvchilardan mazkur tovarning kelib chiqishi borasidagi hujjatlarni talab qilmoqda. Shu kabi hujjatlarga ega bo‘lmagan sotuvchilar tergovchilar qo‘liga tushib qolmoqda
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?