Avstraliyalik o‘smirlar kenguru bolasini botqoqlikdan qutqarishdi

1 daqiqa o'qish3.3K
Avstraliyalik o‘smirlar kenguru bolasini botqoqlikdan qutqarishdi
Ikki 19 yoshli avstraliyalik Sidney chekkasidagi Nepin daryosining qurigan hududidan kichik kenguruni qutqarishdi. Ular mototsiklda o‘tib ketayotganlarida balchiqda nimadir qimirlayotganini ko‘rishdi. Bu suv izlab shu yerga kelib qolgan va bo‘y baravar loyga botgan kichik kenguru edi.

O‘smirlardan biri - Jek 30 metrli arqon topib keldi, ikkinchisi - Nik esa uni beli atrofiga bog‘lab, jonivorni qutqarishga shoshildi. U mo‘ljalga yetgach, do‘stiga ishora qildi va Jek ularni botqoqlikdan tortib oldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Avstraliyalik o‘smirlar kenguru bolasini botqoqlikdan qutqarishdi
Qirg‘oqqa chiqqach, o‘smirlar kenguruni Jonivorlarni qutqarish jamoasi - WIRES Australian Wildlife Rescue'ga topshirishdi.

"Agar yana shunday bo‘ladigan bo‘lsa, biz yana xuddi shunday yo‘l tutamiz", - deya ishonch bilan ta’kidlashdi ular.
Avstraliyalik o‘smirlar kenguru bolasini botqoqlikdan qutqarishdi
Hozir jonivor o‘ziga kelmoqda: u uzoq vaqt botqoqlikda yotgan va suvsizlik hamda ochlikdan jabrlangan. Qutqaruvchilar uni ehtiyotkorlik bilan iliq suvda yuvintirishdi, tinchlantirishga harakat qilishdi va suv berishdi.

Bugunga kelib kenguru sog‘lom, biroq qutqaruvchilar xizmati xodimlari miopatiya - mushaklar kasalligidan xavfsirashmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?