Meksika ko‘chalaridan birida yuk mashinasi kuzovidan 9 nafar odamning jasadi topildi…

1 daqiqa o'qish4.5K
Meksika ko‘chalaridan birida yuk mashinasi kuzovidan 9 nafar odamning jasadi topildi…
Voqea Meksikaning Gerrero shtatiga qarashli Chilpansingo shahar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari yo‘l chetiga qo‘yib ketilgan yuk mashinasini nazoratdan o‘tkazish jarayonida kuzovga 9 ta murda berkitilganiga guvoh bo‘lishdi. Taxminlarga ko‘ra, bu mashinadan qonunga zid maqsadlar yo‘lida foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Demak, gap aylanib yana narkotik savdosiga taqaladi.

Politsiyachilarning gapiga qaraganda, yaqinda shu shaharda yashovchi 9 nafar odam bedarak yo‘qolgan. Ularning barchasi narkotik savdosiga aloqador ekani aniqlangan, deb yozmoqda Hordiq.uz sayti.

Shtat prokuraturasi ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meksikaning Gerrero mamlakatdagi shtati eng xavfli shtatlardan biri hisoblanadi. Shu hududda Amerikaga ulgurji tarzda jo‘natiladigan narkotik moddalarni nazorat qiluvchi ashaddiy kallakesarlar istiqomat qiladi. Achinarlisi, bu jinoyatlarga ko‘plab politsiyachilar ham sheriklik qiladi. Masalan, 2014 yil sentyabrida aynan shu shtatdan jami 43 nafar talaba o‘g‘irlab ketilgan. Keyin ma’lum bo‘ldiki, talabalarni politsiyachilar o‘g‘irlab, kallakesarlar qo‘liga topshirgan ekan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?