date
views 3 813

Emomali Rahmon terrorchilikka qarshi kurashda “ikkiyoqlama standartlar” siyosatidan uzoqlashishga chaqirdi

Emomali Rahmon terrorchilikka qarshi kurashda “ikkiyoqlama standartlar” siyosatidan uzoqlashishga chaqirdi
«Terrorchi va ekstremistning na vatani, na millati, na dini bor. Terrorchi, bu terrorchi, u hech qachon “o‘zimizniki” yoki “begona”, “mo‘’tadil” yoki “mo‘’tadil emas” bo‘lishi mumkin emas, dedi Tojikiston rahbari, 4 may kuni, “Terrorchilik va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro anjumanni ochish paytida.

«Terrorchilik va ekstremizm na chegaralarni, na davlatni tan oladi, shuning uchun bugungi kunimizda terrorchilik va ekstremistik guruhlar radikal diniy, millatchi va boshqa jinoiy hamjamiyatlar bilan chatishib ketib, dushmanlik va zo‘ravonlikni, diniy, konfessional, etnik xunrezliklar va nizolarni, hatto sivilizatsiyalarning qarama-qarshiligini keltirib chiqaradi”, — deb prezidentning so‘zlarini keltiradi, uning matbuot xizmati.

Emomali Rahmon jahon hamjamiyatida haligacha “terrorchilik” va “ekstremizm” tushunchalariga yagona yondashuv yo‘qligini afsus bilan ta’kidladi. «Bizning nazarimizda, terrorchilik va ekstremizmga, shuningdek, zo‘ravon diniy radikalizmga qarshi samarali kurash “ikkiyoqlama standartlar” siyosati bilan hech qachon kelisha olmaydi», dedi u. Tojik prezidentining so‘zlariga qaraganda, bunday yondashuv samarasiz bo‘lib, «ko‘rsatilgan xavfli tahdidlarning geografiyasini oldindan aytib bo‘lmaydigan shakllar va uslublarda kengaytirishga ko‘maklashadi».

Tojikiston rahbari terrorchilar va ekstremistlar Islom nomini niqob qilib olib, islomofobiya va musulmonlarga nafratni olovlantirishga ko‘maklashadi. E’tiqod qiluvchilari yer sharining bir yarim millarddan ortiq aholisini tashkil qiladigan va zamonaviy dunyo taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shib kelayotgan Islomga dog‘ tushirish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb ogohlantiradi Emomali Rahmon.

“Terrorchilik va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash” xalqaro konferensiyasi BMT, YeXHT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida Tojikiston hukumati tomonidan tashkil qilindi. Uning ishida dunyoning 46 mamlakatidan 400 dan ortiq ishtirokchlar hamda 30 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari qatnashayapti, deb xabar bermoqda TR TIV.

Manba: Tnews.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon terrorchilikka qarshi kurashda “ikkiyoqlama standartlar” siyosatidan uzoqlashishga chaqirdi
-->